RPL. "Rostov" o'z maydonida autsayderga mag'lub bo'ldi

25 okt 2020, 20:42
Rossiya premer-ligasi 12-tur bahslari davom etadi.

Musobaqa jadvalining so'nggi pog'onalarida borayotgan "Ximki" futbolchilari bugun "Rostov" maydonida mehmon bo'lishdi. Uchrashuvning 71-daqiqasida mezbonlar sardori Roman Eryomenko maydondan chetlatildi va "Rostov" 1 kishi kam bo'lib qoldi. Uchrashuvga hakam tomonidan qo'shib berilgan 1-daqiqada gol urgan Reziuan Mirzov "Ximki"ni oldinga olib chiqdi. 3 daqiqadan keyin mehmonlar himoyachisi Brayan Idovu o'yinga nuqta qo'ydi.

Turnir jadvali

Rostov – Ximki 0:2 

25 oktyabr, 18.30, Rostov-Arena

Gollar:

0:1 – 90+1 Mirzov, 0:2 – 90+4 Idovu.

Rostov – Pesyakov, Kozlov, Osipenko, Terentev (Poyarkov, 46), Xadjikadunich, Xasimoto, Mamaev (Gigovich, 83), Glebov (Tugarev, 46), Eremenko, Obuxov (Bayramyan, 46), Poloz (Almkvist, 85).

Ximki – Lantratov, Idovu, Tixiy, Gapon, Danilkin, Troshechkin (Mogilevec, 76), Glushakov, Bojenov, Mirzov, Dolgov (Kuxarchuk, 58), Konate (Dyadyun, 83).

Ogohlantirishlar:

Mirzov (22), Eremenko (26), Obuxov (42), Tixiy (73), Gapon (87).

Chetlatish:

Eremenko (71).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia