

Mavsum yakunlariga ko'ra 5-o'rinni egallagan "Rostov" EL kvalifikaciyasiga yo'llamani qo'lga kiritdi. Valeriy Karpin jamoasining pley-offga qachon qo'shilishi Rossiya kubogi finalida qayd etiladigan natijaga bog'liq.
Agar finalda "Ximki" "Zenit"ni yutsa, "Rostov" turnirdagi ishtirokini saralashning ikkinchi bosqichidan boshlaydi. Agar "Zenit" kubokni qo'lga kiritsa, Karpin jamoasi ilk o'yinini uchinchi saralash bosqichida o'tkazadi.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum yakunida hamyurtimiz Eldor Shomurodov o'ynaydigan "Rostov" umumiy hisobda 45 ochko to'plagan bo'lsa, Oston O'runov to'p tepadigan "Ufa" 38 ochko to'plagani holda 9-o'rin bilan kifoyalandi.

Rossiya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.



