RPL restartidan o'rin olgan ilk bahsni tibbiyot xodimi boshlab berdi va unda 6ta to'p kiritildi

Eldor Akmurzayev
19 iyun 2020, 22:10
Rossiya chempionatining joriy mavsumi tiklandi.

23-turning ilk bellashuvi esa Samarada jadvalning autsayderlar qatorida borayotgan “Krilya Sovetov” – "Axmat" o'rtasida o'tkazildi. 

“Axmat” hujumchi Vladimir Ilinning dubli va yarim himoyachilar Denis Glushakov, Bernard Berishaning gollari evaziga mehmonda “Krylya Sovetov”ni (4:2) taslim etishdi. Raqiblar safida himochi Taras Burlak hamda forvard Maksim Glushenkov o'z nomini tabloga yozdirgan.

Mazkur muvaffaqiyatdan keyin “Axmat” autsayderlar qatoridan biroz uzoqlashdi.


Krilya Sovetov – Axmat 2:4 (1:0, 1:4)

Samara-Arena

Gollar: 1:0 – 6 Burlak, 1:1 – 54 Ilin, 1:2 – 59 Glushakov, 1:3 – 66 Ilin, 1:4 – 69 Berisha, 2:4 – 88 Glushenkov.

Krilya Sovetov – Frolov, Chernov, Zeffan, Burlak, Kombarov, Glushenkov, Gackan, Timofeev, Zinkovskiy, Kabutov (Golenkov, 65), Popovich.

Axmat – Gorodov, Bogosovac, Nijich, Semenov, Nenaxov, Glushakov, Ismael, Ivanov, Berisha, Roshi, Ilin.

Ogohlantirishlar: Berisha (1), Chernov (62), Nijich (72), Golenkov (79), Gackan (90).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia