RPL. Premer-Ligaga yo'l olgan ikki jamoaning nomi ma'lum

Aslanov Jasurbek
11 may 2019, 19:40
Keyingi mavsumni Rossiya chempionatiining asosiy ligasidan boshlaydigan ikki klub nomi ma'lum bo'ldi.

Mavsum yakunlanishiga 3 tur qolgan bir pallada "Sochi" va "Tambov" jamoalari Rossiya Premer- Ligasida  qatnashish huqukini qo'lga kiritdi. Ularning hisobida 67 tadan ochko mavjud.

Aytish kerak, hamyurtimiz Vagiz Galiulin faoliyatini "Tambov" klubida davom ettirmoqda.

Ayni vaqtda uchinchi yo'llanma uchun, "Tom" (60), "Nijniy Novgorod" (59), "Shinnik" (56), "SKA-Xabarovsk" (55) klublari kurash olib borishmoqda. 

Turnir jadvali bilan tanishing

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia