RPL. "Pari NN" yutqazdi, Yo'ldoshev zaxiradan maydonga tushirildi

Оқил Абдубарноев
2 okt 2022, 22:59
Rossiya Premer-ligasining 11-turidan o'rin olgan "Pari NN" - "Spartak" uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvning 37-daqiqasida Mayga mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, Nikolson 66-daqiqada hisobni tenglashtirdi. 75-daqiqada esa Promes penaltini aniq ijro etib, moskvaliklarga g'alabani taqdim etdi.

Qayd etish joiz, "Pari NN"ning o'zbekistonlik himoyachisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev 61-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi va 78-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.

"Pari NN" ayni damda 12 ochko bilan RPLda 10-o'rinda bormoqda.


Pari NN – Spartak 1:2 (1:0, 0:2)

Gollar: 1:0 – 37 Mayga, 1:1 – 66 Nikolson, 1:2 – 75, penalti Promes.

Pari NN – Goylo, Gocuk, Masoero, Agapov, Nabiullin (Krotov, 90), Stockiy, Rybchinskiy Yo'ldoshev, 61), Mixaylov, Mayga, Suleymanov (Yansane, 66), Milson.

Spartak – Selixov, Mevlya, Jikiya, Xlusevich, Zobnin, Umyarov (Litvinov, 46), Prucev, Denisov (Klassen, 67), Promes, Zinkovskiy (Maslov, 80), Nikolson (Meleshin, 90).

Ogohlantirishlar: Masoero (23), Denisov (34), Yo'ldoshev (78), Yansane (88), Jikiya (90), Meleshin (90).

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia