

Uchrashuvning tanaffusi vaqtida mezbonlar ustozi Andrey Talalaev iste'foga chiqarildi.
“O'yin tanaffusi vaqtida Talalaev hamda Grozniy klubi rahbarlaridan biri o'rtasida janjal yuzaga keldi. O'shandayoq murabbiyni iste'foga chiqarish borasida principial qaror qabul qilib bo'lingandi. Talalaev 2-taymda stadionni tark etdi”, deya xabar bermoqda “Championat.com”.
“Ahmat” 9 o'yindan keyin 9 ochko bilan turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda.
Shu tariqa, Talalaev joriy mavsum 9-turdan keyin lavozimini tark etgan 7-murabbiyga aylandi va bu musobaqa antirekordi hisoblanadi. Avvalroq, Igor Shalimov (“Ural”), Sergey Yuran (“Ximki”), Aleksandr Borodyuk (“Torpedo”), Nikolay Pisarev (“Ximki”), Marvin Kompper (“Lokomotiv”) va Oleg Vasilenko (“Fakel”) iste'foga chiqarilgandi.



