RPL. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Nijniy Novgorod" "Lokomotiv" bilan durang o'ynadi, Yo'ldoshev 73 daqiqa harakatlandi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2022, 21:29
Rossiya chempionati 1-turi doirasidagi "Lokomotiv" – "Nijniy Novgorod" bahsi nihoyasiga etdi.

Undakuchlar teng keldi – 1:1. Mehmonlar tarkibida O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev asosiy tarkibda maydonga tushib, 73 daqiqa maydonda harakat qildi. 

Alohida aytish joiz, 28-daqiqada Timur Suleymanov maydondan chetlatilgandi, ammo shunga qaramasdan, nijniy novgorodliklar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'lishdi.

Lokomotiv – Pari NN 1:1

Lokomotiv stadioni

Gollar: 1:0 – 52 Izidor, 1:1 – 70 Krotov.

Lokomotiv – Xudyakov, Jivoglyadov, Edvay, Fasson, Tiknizyan, Miranchuk, Barinov, Karpukas (Beka-Beka, 46), Kerk, Kamano (Rakonyac, 67), Izidor.

Pari NN – Nigmatullin, Kornyushin, Gocuk, Kechkesh, Aleksandrov, Yo'ldoshev (Shilcov, 73), Kalinskiy, Berkovskiy (Stockiy, 63), Mayga (Sharipov, 46), Suleymanov, Milson (Krotov, 46).

Ogohlantirishlar: Edvay (18), Suleymanov (25), Beka-Beka (59).

Chetlatish: Suleymanov (28).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia