Ro'ziqul Berdiev: "Yigitlarga 10:0 hisobiga e'tibor qilmasliklarini tayinlagandim"

Narzulla Saydullayev
24 apr 2021, 22:05
O'zbekiston kubogi 2-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Rubin" (4:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.




"Bugun 3 ochkoni qo'lga kiritishni maqsad qilgandik va unga erishdik. Yigitlarga "Bunyodkor" - "Rubin" o'yini natijasiga (10:0) e'tibor qilmasliklarini tayinlagandim, asosiysi g'alaba edi. Bugun kam maydonga tushayotgan futbolchilarga imkoniyat berdik. O'yin ustunligimiz ostida o'tdi, natija ham buni ko'rsatib turibdi. Bazi futbolchilarimizda texnik-taktik xatolar bo'lib turdi. Raqiblarning darajasi bugun ko'rinib qoldi.

O'tgan turdagi Jizzaxdagi bir ochko bizni qoniqtirdi. Sababi "So'g'diyona" medallar uchun kurashmoqda, o'z maydonida o'ynadi va tajribali futbolchilarga ega.

28 aprel kuni "Bunyodkor" bilan o'ynaymiz, shu bois bugun ko'proq yoshlarga imkoniyat berdik. Tan olish kerak, bizda bitta tarkib bor.

Kubok bahslarida ham VAR tizimi ishlasa yaxshi bo'lardi. Bahsli vaziyatlarda bu as qotadi.

OFK kubogi haqida? Oldindan hech qanday vada bera olmaymiz. Hozirga qadar Tojikiston va Qirg'iziston klublari ishtirokidagi o'yinlarni kuzatib o'rgandik. O'ylaymanki OFK kubogida maksimum harakat qilib yaxshi natijaga urinamiz", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia