Ro'ziqul Berdiev “Sport” telekanaliga intervyu berdi

Narzulla Saydullayev
12 avg 2016, 07:00
"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Sadullaevich “Sport” telekanaliga intervyu berdi.

OCHL chorak finalining dastlabki “Al-Ayn” – “Lokomotiv” uchrashuvi oldidan maxsus ko'rsatuv tayyorlayotgan “Sport” telekanali jurnalistlari jamoa murabbiyidan, bu yilgi OCHL o'yinlarida BAAning “Al-Ayn” jamoasi ishtiroki va “Lokomotiv” jamoasi asosan nimalarga e'tibor berishi, raqib jamoaning kuchli hamda zaif tomonlari haqida so'rashdi. Ro'ziqul Sadullaevich jurnalistlar savollariga batafsil javob berdi va intervyu so'nggida “Lokomotiv” jamoasiga, bo'lajak uchrashuvlarda omadlar tiladi.

Ushbu intervyuni “Al-Ayn” – “Lokomotiv” uchrashuvi oldidan “Sport” telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz