Ro'ziqul Berdiev: "Paxtakor" haqli g'alabaga erishdi"

Narzulla Saydullayev
26 iyun 2015
"Paxtakor" - "Nasaf" (3:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Ro'ziqul Berdiev qatnashdi.
"Qisqa qilib aytganda "Paxtakor" haqli g'alabaga erishdi, ular birinchi bo'limni o'zida o'yin taqdirini hal qilishdi", - deb gap boshladi Berdiev.

"Birinchi bo'limda himoyada kamchiliklar kuzatildi. Asosan qarshi hujumda o'ynashga urindik. Bizga hujumni yakunlaydigan futbolchi yetishmadi".

"Gevorkyanning o'yini? Uning holati joyida. Raqib unga ko'proq e'tibor qaratib imkon bermaslikka harakat qildi".

"Hisob 0:3 ga etganidan keyin o'yinni olib chiqish qiyin edi. Shu sabab shogirdlarimga muxlislar uchun ham o'ynashlari kerakligini ta'kidladim".

"Kenja To'raev umumiy guruhda mashg'ulotlarda qatnashmoqda. Kecha yoshlar ligasida o'ynadi, hozircha oliy ligada o'ynashga tayyor emas".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia