Ro'ziqul Berdiev: "Maqsadimiz kubokni qo'lga kiritish"

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2015, 22:35
"Paxtakor-2" - "Nasaf" (0:6) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.
"Raqibimiz tarkibida ko'plab yosh futbolchilar o'ynashadi. Uchrashuv davomida shogirdlarim barcha ko'rsatmalarimni bajarishdi va yirik g'alabaga erishdik. "Paxtakor-2" safida yaxshi futbolchilar ham bor".

"Javob o'yinida ham bugungi natijaga qaramay maydonga tushamiz g'alaba uchun o'ynaymiz".

"Kubokdagi maqsadimiz kamida o'tgan yilgi natijani takrorlab finalga chiqish. Vazifamiz emas kubokni qo'lga kiritish va chempionatda yuqori o'rinlarni band etish", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia