Ro'ziqul Berdiev: "Mag'lubiyatga loyiq emasdik"

Aziz Tukhtamuradov
2 iyul 2020
AGMKga qarshi o'yindagi mag'lubiyadan so'ng (1:2) "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.




O'yin haqida

Raqibimiz tajribali jamoa edi. Qolaversa ularning maydonida harakat qildik. O'yinga keladigan bo'lsak, jamoamiz bugun munosib o'yin namoyish etdi. Mag'lubiyatga loyiq emasdik, chunki keraklicha vaziyatlar yarata oldik. Lekin bugun ham, avvalgi o'yinlarda ham omad bizdan ochiqchasiga yuz o'girmoqda. AGMKni bugungi g'alaba bilan tabriklaymiz. 


"Nasaf" gollar kiritishda oqsamoqda

Futbolda faqatgina yaxshi o'yinning o'zi uchun ochko berilmaydi yoki jamoa jadvalda yuqoriga olib chiqib qo'yilmaydi. Buning uchun ochko to'plash kerak. Ochko uchun esa vaziyatlarni golga aylantirish kerak. Balki bu ruxiy tomonlama muammoga bog'liqdir. O'yinlarda tashabbusga ega bo'lmoqdamiz. Munosib o'yin ko'rsatyapmiz. Lekin, nima uchundir bizdan omad yuz o'girmoqda. 

Bugun ko'proq qarshi hujumlardan samarali foydalanib, himoyada mustahkam harakat qilishimiz lozim edi. Lekin penalti rejamizni buzib yubordi. Keyingi vaziyatda esa qarshi hujumda xato qildik, pozicion himoyalanishda ham kamchilikka yo'l qo'ydik. O'shandan so'ng biz yanada ko'proq vaziyat yaratdik. Barchangiz ko'rdingiz, yosh futbolchimiz xattoki bo'sh darvozaga ham gol kirita olmadi. Bu uning aybi emas. Jamoada ruxiy tayyorgarlikni yaxshilashga harakat qilamiz. 


Legionerlar haqida

Hali hujumchimiz o'yinga kirishib keta olmayapti. Bugun unga imkoniyat bergandik. O'ylaymanki, hujumchi bundan ham yaxshiroq harakat qilishi lozim. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia