Ro'ziqul Berdiev: "Final haqida gapirishga erta"

"Nasaf" - "Lokomotiv" (2:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

"Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Ikki bo'lim ikki xil o'tdi. "Lokomotiv" garchi kamchilikda harakat qilgan bo'lsada etarlicha qarshilik ko'rsatdi. Biz nega ikkinchi taymda himoyaga o'tib olganimizni tushunmadim. Bu borada futbolchilardan so'rayman. Balki bu ruhiyat bilan bog'liqdir. Futbolchilar toliqib qolishgani balki o'z ta’sirini o'tkazgandir. Lekin men ularga himoyaga o'tinglar deb ko'rsatma bermagan edim. Shunga qaramay natija ijobiy bo'ldi. 2:0 hisobi qoniqarli natija. Biroq men qarshi hujumlarda ko'proq o'tib, yanada gollar kiritish kerakligini aytib o'tgandim. To'g'risi, ikkinchi bo'limdagi ko'rsatgan futbolimizdan qoniqmadim. Hali final haqida o'ylashga erta. Oldindan bizni finalga chiqarib qo'yishlarini istamasdim. Javob o'yinidan keyin final haqida gapirilsa maqsadga muvofiq bo'lardi", - deya o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi Ro'ziqul Berdiev.


Manba: championat.asia