- Bugungi o'yin qanday bo'lganini tablodagi hisob ko'rsatib turibdi. Bugun ko'p vaziyatlar yaratdik. Qaysidir xolatlarda shogirdalarim shoshilishdi chog'i, bazan sovuqqonlik yetishmadi. Bu ruhiyatga ham bog'liq. Umumiy qilib aytganda, bellashuv bizning ustunligimizda o'tdi. Biz xaqli ravishda g'alabaga erishdik. O'yin ikkinchi golgacha bo'ldi. Shundan so'ng "Navbahor"ning g'alaba va durangga bo'lgan ishonchi qolmadi. G'uzor xalqiga va "Sho'rtan" futbol klubiga katta minnatdorchilik bildiramiz.
Chunki bu yerda o'tkazgan o'yinlarimizda barcha qulayliklar yaratib berildi. Barcha muxlislarimizni ertangi bayram bilan muborakbod etaman. Boshqa jamoalar kabi biz xali tatilga chiqmaymiz. Sababi, oldimizda 30 iyun kungi kubok doirasidagi o'yin bizni kutib turibdi. Mazkur baxs yangilangan o'yingohimizda o'tkaziladi. Barcha muxlislarimizni chorlab qolamiz. "Nasaf" muxlislar uchun o'ynaydi. Shuningdek "Bunyodkor"ga qarshi qoldirilgan o'yinga ham tayyorgarlik ko'ramiz. Bizga xali tanaffus boshlanmaydi.