Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf"ni tanimadim"

Aslanov Jasurbek
5 avg 2023, 23:09
"Turon" - "Nasaf" uchrashuvidan (1:0) so'ng mehmon jamoa ustozi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ro'ziqul Berdiev: "Turon"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ular bugun katta ishtiyoq evaziga g'alabaga erishishdi. Raqibning golidan avvalgi ikkita vaziyatdan foydalanganimizda, o'yin umuman boshqacha kechgan bo'lardi. "Turon" yaxshi himoyalandi, qarshi hujumlarda o'zini ko'rsatdi. "Nasaf"ni tanimadim".

- Shuhrat Muhammadiev nega birinchi bo'limda almashtirildi?

- Muhammadiev qanotda faol bo'lishi kerak edi, shu bilan birga Jumanqo'zievga qarshi kurashlarda passiv bo'ldi. Shu sabab almashtirdik.

- Yangi legionerlar Jigauri va Chavesning moslashishi qiyin bo'lyaptimi?

- Bunga vaqt kerak. Jamoada raqobat bo'lishi, mavsum uzoqligini hisobga olib, bu yigitlarni "Nasaf"ga taklif qilganmiz.

- Kubok chorak finalida "Turon" bilan to'qnash kelasiz...

- Ha, eshitdim, bu bahsgacha hali ancha bor. "Turon"ga qarshi bahs natijasi biz uchun qoniqarli bo'ladi deb o'ylayman.

- OCHL oldidan transferlardan qoniqdingizmi?

- Biz bergan takliflarning faqat ikkitasi amalga oshdi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia