Roys - Germaniya terma jamoasining 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2019, 18:43
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys muxlislar talqiniga ko'ra Germaniya terma jamoasining 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

29 yoshli futbolchi so'rovnomada 89 928ta (33,9%) ovoz to'plab, "Bavariya" himoyachisi Joshua Kimmix (31%) va "Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sanedan (10,3%) o'zib ketdi.

Roys 2018 yilda Germaniya terma jamoasining 13ta uchrashuvidan 8tasida ishtirok etdi va ularda 1ta gol urdi, 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: DFB