Roys "Gamburg"ga qarshi o'yinda maydonga tusha oladi
Narzulla Saydullayev
20 noya 2015, 08:50
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys jarohatidan qutuldi va "Gamburg"ga qarshi o'yinga tayyor.
Dortmundliklar ustozi Tomas Tuxel futbolchi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi mumkinligini aytdi. Eslatib o'tamiz, Roys jarohati tufayli noyabr oyi boshidan buyon maydonga tusha olmayotgandi.