Roys agentidan yangi klub topishni so'radi

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2023
Marko Roys faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi.

33 yoshli futbolchi Yussuf Mukoko bilan yangi kelishuv bo'yicha faol muzokara olib borgan Dortmud klubi unga yangi bitim taklif qilmayotganidan norozi. 

Yozda shartnomasi tugaydigan Roys o'z agentidan yangi klub topishni so'radi.

Ma'lum bo'lishicha, agent "Leyptsig" bilan bog'langan. Jamoa sport direktori Maks Ebrel Roysni yaxshi biladi.

"Borussiya" sardori joriy mavsum barcha turnirlarda 12ta uchrashuvda ishtirok etib, 3ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport1