Roys 5 oydan so'ng umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
22 okt 2016
Borussiya klubi hujumchisi Marko Roys Germaniya kubogi finalida Bavariyaga qarshi o'yinda olgan jarohatini davolab bo'ldi.
Futbolchi 5 oy davomida maydondan chetda bo'ldi va EVRO-2016ni ham o'tkazib yubordi.

U xuddi uzoq vaqt davolanmagandek mashg'ulot o'tkazdi.

Hozircha maydonga tushishi haqida gap ketmayapti, shunchaki o'zini tiklab olishi kerak, - deydi bosh murabbiy Tomas Tuxel.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport1.de