Roy Kin: "Manchester Yunayted" - shunchaki o'rtamiyona klub"

Omonjon To`xtamirzayev
5 noya 2024
"Manchester Yunayted" va Irlandiya termasi sobiq a'zosi Roy Kin "qizil iblislar"ning joriy mavsum ko'rsatayotgan o'yiniga baho berdi.

"Bu "Manchester Yunayted" – shunchaki o'rtamiyona klub. Barcha statistik ko'rsatkichlar gapimni tasdiqlaydi. Ular goh g'alaba qozonmoqda, goh mag'lub bo'lyapti – keyingi o'yinda jamoa qanday holatda bo'lishini avvaldan ayta olmaysiz. Bu esa unchalik ham yaxshi emas".

"Manchester Yunayted" APL jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi. Jamoa 10 ta o'yinda 12 ochko jamg'ardi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sky Sports