Roy Kin: "Ikki o'yinda ikki gol. Bunday futbolchilarni chetga chiqarib bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
27 noya 2022, 10:38
Sobiq futbolchi Roy Kin Argentina termasi hujumchisi Leo Messining JCH-2022dagi Meksikaga qarshi o'yinini baholadi.

Kechagi bahsda forvard bir gol va bir golli uzatma amalga oshirdi.

"U hali ham buyuk futbolchi ekanligini isbotlab qo'ydi. Barchasini epizodlar hal qiladi: uning texnikasi, vaziyatlarni yakunlay olishi. Uning o'yinga aniq maqsadi bor. Ikki o'yinda ikki gol - bunday futbolchilarni chetga chiqarib bo'lmaydi.

Argentinaga tan berish kerak, ular o'yinni o'zgartira olishdi va mahorat evaziga g'alabaga erishishdi. Bugun ular o'zlarini yaxshiroq his qilishdi", - dedi sobiq futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ITV1