Roy Kin: "Gapiraverib charchadim. De Xea jahon darajasida emas"

Mirjalol Normatov
4 iyun 2023, 13:30
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Roy Kin mankunianliklar posboni David de Xeani jiddiy tanqid qildi.

Kecha "Manchester Yunayted" Angliya Kubogi finalida "Manchester Siti"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ushbu uchrashuvda ispaniyalik kiper jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llangan ikki zarbani o'tkazib yubordi.

"Manchester Yunayted" jahon darajasidagi darvozabon va hujumchi sotib olishi kerak. Gapiraverib charchadim. "Yunayted" jahon darajasidagi darvozabon sotib olishi kerak. De Xea hozir unday emas", - dedi Roy Kin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: talkSPORT