Roy Kin: "Arsenal"ning ko'p futbolchilari selfini yaxshi ko'rishadi"

Narzulla Saydullayev
17 mar 2017, 09:30
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Roy Kin "Arsenal" futbolchilarini tanqid qildi.

"Men zamonaviy futbolchilarga ko'p e'tibor qilaman - ular natijaga erishishadi, selfi qilishadi va futbolka almashishadi. Bundan juda ko'p zavq olishadi. Agar sen katta klubda o'ynasang natijadan xursand bo'lishing mumkin. "Arsenal"ning ko'p futbolchilari selfini sevishadi. Undan ko'ra sovrinlar yutish haqida o'ylashsa bo'lardi... Bu jamoada selfi va qornidagi press bo'lakchalari ko'proq tashvishga soladigan futbolchilar bor", - deydi Kin Daily Mail nashriga.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk