Roxoning "Vulverxempton"ga o'tishiga uning maoshi halal berishi mumkin

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2018, 14:42
"Manchester Yunayted"ning argentinalik himoyachisi Markos Roxo yaqin kunlarda "Vulverxempton" a'zosiga aylanishi mumkin.

Kelishuv 30 mln. funtga amalga oshishi kutilmoqda. "Bo'rilar" bu mablag'ni to'lashga tayyorlar, ammo Roxoning haftalik 160 ming evrolik maoshini ko'tara olishmaydi.

Mankuninanlar Roxoni sotib, maoshlarga beriladigan pul miqdorini kamaytirib, "Lester Siti" himoyachisi Garri Maguayr uchun joy bo'shatmoqchi.

So'nggi mavsum 28 yoshli Roxo ko'p jarohat oldi. Argentinalik hisobida 13ta uchrashuv bor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Mirror