"Manchester Yunayted" argentinalik futbolchilar bilan shartnomani uzaytirmaydi

Mirjalol Normatov
8 yanv 2021, 22:40
"Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxo hamda darvozabon Serxio Romero jamoadan ketadi.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher aytib o'tdi.

"Ular bilan shartnoma yozda yakunlanadi va bu uzaytirilmaydi. Ularga ayni damda jamoa izlayapmiz", - dedi mutaxassis.

Romero 2015 yilda mankunianliklar tarkibiga kelib qo'shilgandi. Roxo esa 2014 yilda MYUga ko'chib o'tgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal