Rouz: "Xojson himoyada yaxshiroq o'ynashimizni talab qilyapti"
Aslanov Jasurbek
23 may 2016, 13:45
Angliya terma jamoasi himoyachisi Denni Rouzning so'zlariga ko'ra, Turkiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng jamoa bosh murabbiyi Roy Xojson inglizlarning himoyadagi harakatlaridan norozi bo'lgan.
"Biz optimistik ruhdamiz, ammo murabbiy himoyada himoyada yaxshiroq o'ynashimizni talab qilyapti. To'rt oy oldin terma jamoada harakat qilishimni o'ylamagandim ham. O'zimni qulay his qilishga yordam berayotgan jamoadoshlarimga rahmat" - deydi Rouz.