Rotenberg O'zbekiston termasi sobiq futbolchisi rekordidan o'zib ketdi

Mirjalol Normatov
1 apr 2018, 12:40
Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Boris Rotenberg Rossiya chempionatida zaxirada o'tirish borasida rekord o'rnatdi.

31 yoshli futbolchi 131-marta qaydnomaga kiritilib, maydonga tushmadi. Bu natija "Lokomotiv" - "Amkar" uchrashuvida o'rnatildi. Rotenberg O'zbekiston termasida 11 uchrashuv o'tkazgan Oleg Pashininning natijasidan o'tib ketdi.

Keyingi o'rinlarda Kirill Nababkin (126), Xalid Kadirov (122), Aleksey Berezuckiy (117) va Aleksandr Anyukov (110) kabi futbolchilar qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru