"Rostov" yaponiyalik futbolchi uchun qancha sarfladi?

7 avg 2020, 20:29
Bu haqida "Transfermarkt" portali ma'lum qildi.

26 yoshli Kento Xashimoto endi "Rostov" sharafini himoya qiladi. Rus klubi yaponiyalik markaziy yarim himoyachi uchun kun chiqar yurtning "Tokio" jamoasiga 800 ming evro to'lagan. Takidlanishicha, Xashimoto bilan imzolangan bitim 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.


Ma'lumot uchun, tayanch yarim himoyasi asosiy poziciyasi hisoblangan Kento Xashimoto “Tokio” safida 165 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Yaponiya terma jamoasi safida esa 7 ta o'yinda qatnashgan. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Transfermarkt