

"Ushbu bahsda mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatdik deya olmayman. "Axmat"ga qarshi uchrashuvni eng yaxshi o'yinimiz deb hisoblayman. Bugun strategik o'yin bo'ldi, unda mag'lub bo'lmasligimiz kerak edi. Maydonda qattiq kurash kechdi. O'yin oxirida maqsadimizga erishdik. RFPLning har bir uchrashuviga tayyorgarlik jiddiy bo'lishi lozim. Barcha futbolchilarga rahmat, tayyorgarlik uchun minnatdorchilik bildiraman" - deydi Kuchuk.



