"Rostov" Shomurodovning o'rniga nomzod topdi

23 dek 2019, 22:20
Klub Norvegiya chempionatining eng yaxshi to'purariga da'vogarlik qilmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, "Rostov" "Odda" klubi hujumchisi Torgeyr Byorvenga qiziqish bildirmoqda. 28 yoshli hujumchiga jamoani tark etishi kutilayotgan Eldor Shomurodovning bo'lajak o'rinbosari sifatida qaralyapti. Norvegiyalik futbolchining ehtimoliy transfer bahosi 3,5 million evroni tashkil qilishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Byorven futbol bo'yicha Norvegiya chempionatining yakunlangan mavsumida 21 gol bilan musobaqaning eng yaxshi to'purariga aylandi. U 2014-2016 yillarda Gollandiya chempionatida "Tvente" klubi sharafini ham himoya qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: riafan.ru