"Rostov" prezidenti Shomurodovni 15 million evroga ham sotmoqchi emas

7 avg 2020, 02:40
Rossiyalik taniqli jurnalist, insayder Nobel Arustamyan o'zining "YouTube"dagi sahifasida "Rostov" klubi haqida vlog tasvirga olib, unda klub rahbariyati, murabbiy Karpin va futbolchilar bilan jamoa atrofidagi xabarlar, chempionat borasida bafurja gaplashgan.

Suhbat chog'ida Nobel Arustamyan "Rostov" prezidenti Artashes Arutyunyancga transferlar, xususan Shomurodovning transferi bo'yicha ehtimoliy takliflar haqida so'ragan. Artashes Arutyunyanc qaysidir jihatdan bu jamoaning Yevropa ligasi guruh bosqichiga chiqish yoki chiqmasligiga bog'liqligini aytib, hozirda Shomurodov yoki Normann kabi futbolchilarni sotish haqida o'ylamayotganini takidlagan.

Quyida o'sha suhbatdan parcha:

Nobel Arustamyan: - "Rostov" Yevropa ligasida mamlakat sharafini himoya qilishi va Shomurodov yoki Normann transferi bo'yicha takliflarni qabul qilishi o'rtasida chegara bormi?

Artashes Arutyunyanc: - Agarda biz Yevropa ligasi guruh bosqichiga chiqsak, unda hech qanday takliflarni ko'rib chiqmaymiz. 


Nobel Arustamyan: - Deylik, masalan 15 million evro atrofidagi takliflarga ham rad javobini berasizmi?

Artashes Arutyunyanc: - Mayli, taklifni qabul qildik deylik. Unda Yevropa ligasi guruh bosqichida kimlar bilan o'ynaymiz?


Nobel Arustamyan: - Shu boisdan ham men sizdan so'radim...

Artashes Arutyunyanc: - Biz avval bir mavsumni o'tkazib olaylik. Keyinchalik transferlar bo'yicha bir to'xtamga kelamiz. Yevropa ligasi kvalifikaciyada qanday ishtirok etishimizni kutaylik. Keyin ko'ramiz. Ha aytgancha, agarda voqealar rivoji biz istagandek bo'lmasa ham "Rostov" futbolchilarini transfer qilishi haqida kim aytdi? Jurnalistlar bunday ma'lumotlarni qayerdan olishadi, tushunmayman. Ha, bizning futbolchilar bo'yicha qiziqish, so'rovlar ko'p. Muzokaralar bo'lmoqda, agentlar kelishadi va hokazo. Biz hech qaerga shoshilayotganimiz yo'q. Bizga bu jamoani qurish, shakllantirish oson bo'lgani yo'q. Katta kuch, ko'p pul, energiyalarimiz va vaqtimizni sarfladik. Barchasini bir deganda sotib yuborishimizga ishonasanmi?


Nobel Arustamyan: Yo'q albatta/

Artashes Arutyunyanc: Sen meni bilasanku!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia