"Rostov" muhim futbolchilaridan birini transferga qo'yishga qaror qildi

Alisher
14 noya 2019, 14:05
"Rostov" himoyachisi Dmitriy Chistyakov qishki transferlar oynasida jamoadan ketishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, rostovliklar yaxshi taklif kelib tushsa, futbolchini qo'yib yuborishga qaror qilishgan.

"Rostov" 25 yoshli himoyachining sotuvidan 4,5 million evro ishlab olmoqchi. Chistyakovga hozirda "Zenit" klubi qiziqish bildirmoqda.

Aynan u peterburgliklarning himoya chizig'ini kuchaytirishi mumkin bo'lgan eng yaxshi variant sifatida ko'rilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Chistyakov "Rostov"ga yozda "Tambov"dan o'tgan edi. U joriy mavsum 16ta o'yinda maydonga tushdi.

"Rostov" PR-direktori ishdan ketdi. Karpin ham ko'plab futbolchilar qatori ketishi mumkinligini aytib o'tdi

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ФАН