“Rostov” A Seriyadagi futbolchi bilan qiziqmoqda

Eldor Akmurzayev
10 iyun 2020, 19:25
“Bolonya” yarim himoyachisi Godfred Donsa faoliyatini RPLda davom ettirishi mumkin.

24 yoshli futbolchi bilan rostovliklar qiziqmoqda. Ganalik xavbekning varianti Matias Normann jamoani tark etganidan keyin ko'rib chiqilishi aytilmoqda. 

Donsaning Italiya klubi bilan shartnomasi 2022 yilda tugaydi. U joriy mavsum A Seriyada 19 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com