

Shu haftada polshalik forvard Myunxenda o'z agenti Pini Zaxavi bilan uchrashdi. Ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar futbolchining kelajagini muhokama qilishgan.
Hujumchining o'zi "Real"ga o'tishni istagan edi, ammo Levandovskining "Qirollik klubi"ga qarshi sust o'yini bu imkoniyatlarni pasaytirib yubordi. "Real" polshalikka qiziqmayapti. Shunday qilib, "Chelsi"da futbolchini raqobatsiz xarid qilish imkoniyati bor.
Oldinroq, Levandovskiga PSJ qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.



