Rost ekan! Shomurodovning 10-goli sochini saqlab qolgani tasdiqlandi

7 okt 2019, 19:30
"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov SSKAga urgan goli uni O'zbekiston terma jamoasi ixtiyoriga kal bo'lmasdan kelishini taminlaganini tasdiqladi.

Bugun O'zbekiston terma jamoasi ixtiyoriga yetib kelgan "Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov kechagi SSKA darvozasiga kiritilgan gol Karpin-Bayramyan va Eldor o'rtasidagi garovda yutuqni taminlaganini aytdi.

"Agarda kecha men va Bayramyan gol urmaganida, unda ikkalamiz sochimizni oldirishimizga to'g'ri kelardi. Chunki o'tgan gal FIFA kunlaridan keyin klub ixtiyoriga qaytganimizda, bosh murabbiy Karpin men va Bayramyan bilan garov boyladik. Yani, keyingi tanaffusga qadar men 3ta, Bayramyan esa ikkita gol urishi belgilandi. Agarda bu vazifani uddalay olmaganimizda, unda ikkalamiz ham sochimizdan voz kechishimizga to'g'ri kelardi. SSKA bilan o'yinda esa biz vazifani uddaladik. Aks holda bugun terma jamoa ixtiyoriga boshqacha imijda tashrif buyurardim (kuladi). Endi esa e'tiborimni terma jamoaga qarataman", - deya vaziyatga oydinlik kiritdi Eldor Shomurodov.

Qiziqarli intervyuning to'liq qismini ertaga havola qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia