Rossiyaning xalqaro futbolga qaytishi aprel oyida ijobiy hal bo'lishi mumkin

Aslanov Jasurbek
2 fev 2026, 21:25
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) shu yilning bahorida 2022 yil fevralidan beri chetlatilgan Rossiya terma jamoalari va klublarini musobaqalarga qaytarish masalasini muhokama qiladi.

FIFA prezidenti Janni Infantino Rossiyaga qo'yilgan taqiq hech qanday ijobiy natija bermaganini va uni bekor qilish kerakligini ta'kidladi. "Sport24" nashrining xabariga ko'ra, tashkilotning 30 aprel kuni Vankuvyerda o'tadigan kongressida Rossiyani xalqaro maydonga qaytarish masalasi ko'rib chiqiladi.

Muhokama qilinayotgan asosiy jihatlar:

- Rossiya asosiy terma jamoasidan tashqari, o'smirlar, yoshlar va ayollar jamoalarining ham qaytishi ko'rib chiqilmoqda.

- Rossiyaning to'laqonli maqomda - milliy bayroq va madhiya bilan ishtirok etish varianti ham istisno etilmayapti.

- Ijobiy qaror qabul qilinish ehtimoli yuqori baholanmoqda va bu aprel oyining o'zidayoq amalga oshishi mumkin.

Hozircha asosiy to'siq sifatida xavfsizlik masalasi qolmoqda. FIFA o'yinlarni neytral maydonlarda yoki xavfsizlik taminlangan Rossiya shaharlarida o'tkazish variantlarini ham tahlil qilmoqda. Rossiya delegaciyasi aprel oyidagi kongressga rasmiy taklifnoma olgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport24