Rossiyalik hujumchi uchun kurashga amaldagi YCHL g'olibi ham qo'shildi

14 iyul 2019, 11:40
"Liverpul" jamoasi SSKA hujumchisi Fyodor Chalov uchun kurashga qo'shildi.

Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, rossiyalik strayker uchun kurash avjiga chiqqan. 21 yoshli Chalov 20 mln. funtga (25 mln. dollar) baholanmoqda. Unga shuningdek, "Arsenal", "Tottenxem", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Bavariya", "Borussiya D", "Monako" va "Sevilya" klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda. 



Ammo, Chalov ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun o'ziga munosib klub izlamoqda. "Enfild" kabi stadionga ega jamoaning asosiy tarkibiga kirish rossiyalik iqtidorli futbolchi uchun oson bo'lmasligi aniq.

Qayd etish kerak, Chalov o'tgan mavsum Rossiya chempionati to'purari bo'ldi (30 o'yin, 15 gol, 7 ta assist).

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com