
Rossiya Futbol Ittifoqi kostarikaliklarning Krasnodarda bo'ladigan o'yinga kelishi uchun deyarli 12 mln. rubl to'laydi. Bu ma'lumotni KONKAKAFda tasdiqlashdi. 15 oktyabrda bo'ladigan ruminiyaliklarga qarshi bahs ham RFIga qimmatga tushadi. Ular deyarli 9 mln. rubl to'lashadi. Rossiyaliklar Qatar bilan o'yin uchun bir rubl ham olishmaydi, ammo Qatar futbol federatsiyasi mehmon jamoaning transport va mehmonxona xarajatlarini qoplaydi.