Rossiya TJ Erondan keyin Osiyoning yana bir vakili bilan o'rtoqlik o'yini bo'yicha kelishuvga erishdi

Eldor Akmurzayev
27 fev 2023, 09:10
Bu haqda “Sport-Ekspress” xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Rossiya TJ 27 mart kuni Sochida Iroq termasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Qayd etilishicha, iroqliklar Bag'doddagi yangi stadion ochilishi munosabatini bilan RFIga o'rtoqlik o'yini o'tkazib bo'yicha taklif jo'natgan, tashkilot esa ularga javob xati yubordi va uchrashuvni Rossiyada o'tkazish taklifini berdi.

Avvalroq, rossiyaliklar 23 mart kuni Texronda Eron TJga qarshi o'ynashi ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Спорт-Экспресс