Rossiya terma jamoasi O'zbekistonga qachon uchib keladi?

Sherzod Nurmatov
8 noya 2022
Rossiya futbol ittifoqi va mamlakat bosh jamoasi murabbiylar shtabi termani Tojikiston va O'zbekiston bilan o'rtoqlik o'yinlariga tayyorlash taqvimini belgilab oldi.

Unga ko'ra, futbolchilar 14 va 15 noyabr kunlari Novogorskdagi qarorgohda mashg'ulot o'tkazishadi, shundan so'ng Dushanbega uchib kyetishadi. 

Rossiya MTJ 17 noyabr kuni Dushanbe shahridagi Respublika Markaziy stadionida Tojikiston terma jamoasi bilan bahs olib boradi.

18 noyabr kuni esa Rossiya terma jamoasi Toshkentga jo'nab ketadi va 20 noyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi uchrashuvda qatnashadi.

18 noyabr (juma)

13:30 – Dushanbedan Toshkentga uchish

19 noyabr (shanba)

18:00 – "Paxtakor" stadionida o'yinoldi mashg'ulot (OAV uchun 18:00 dan 18:15 gacha ochiq)

19:15 – Rossiya termasi ustozi Valeriy Karpin va bir futbolchi bilan o'yinoldi matbuot anjumani

20 noyabr (yakshanba)

17:00 – O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston – Rossiya. "Paxtakor" stadioni

Avvalroq Rossiya terma jamoas O'zbekistonga qarshi bahs uchun qaydnomasini e'lon qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rfs.ru