

Barcha federatsiyalar Yevropa chempionati final bosqichiga chiqqani uchun 8 million evrodan olishadi. Guruh bosqichidagi har bir g'alaba uchun million evro, durang uchun 500 ming evrodan olishadi.
1/8 finalga chiqqan jamoalarga UEFA 1,5 milliondan, chorak final uchun 2,5 milliondan, yarim final uchun 4 milliondan pul to'laydi. Finalda mag'lub bo'lgan jamoa 5 million, Yevropa chempioni esa – 8 million ishlab topadi.
Shunday qilib, guruh bosqichida eng ko'p pulni Fransiya, Germaniya, Xorvatiya va Polsha terma jamoalari ishlab topishdi - 12 million evrodan. Bu jamoalar guruh bosqichida 2tadan g'alaba va 1tadan durang qayd etishdi.



