Rossiya Kubogi. Bugun "SSKA" va "Rubin"ning o'yini bor

Omonjon To`xtamirzayev
20 sen 2023, 10:36
Bugun Rossiya Kubogi doirasida 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Ushbu tur doirasida Moskvaning SSKA klubi o'z maydonida "Sochi"ni qabul qiladi. "Armiyachilar" tarkibida hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev harakat qilishidan xabaringiz bor. Kubokning avvalgi bahsida Fayzullaev asosiy tarkibda tushgan va 69-daqiqada alishtirilgandi. Bugun o'zbekistonlik futbolchi yana asosiy tarkibda maydonga tushadi deb kutib qolamiz.

Qozon shahrida esa Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev harakat qiladigan "Rubin" "Rostov" bilan kuch sinashadi. Bir necha kun avval chempionat doirasidagi bahsda Ashurmatov 90 daqiqa harakat qilgandi. Umarali ham muntazam ravishda maydonga tushirilmoqda. Tabiiyki, bu bellashuvda ham o'zbekistonlik futbolchilarning o'yinidan bahra olamiz, degan umiddamiz.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia