Rossiya kanali "El-Klassiko"larni efirga uzatadi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2019
Futbol muxlislari yaqin 30 kun ichida "Real" hamda "Barselona" o'rtasida o'tkaziladigan "El-Klassiko"larni Rossiya telekanalida tomosha qilishi mumkin.

Championat.com bergan ma'lumotlarga ko'ra, Ispaniya Kubogi yarim finali va LaLiga doirasidagi "El-Klassiko"larni "Match TV!" telekanali namoyish etadi.

6dan 7 fevralga o'tar kechasi 00:55dan boshlab "El-Klassiko" muxlislar "Match TV" orqali ushbu bahsni tomosha qilishlari mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia