

Avvalroq, saytimiz orqali 9-21 iyun kunlari O'zbekistonda birinchi marotaba milliy terma jamoalar ishtirokida CAFA musobaqasi o'tkazilishi haqida xabar bergandik.
“Bu musobaqa FIFAning iyundagi taqvimidan o'rin olgan. Ochkolar reytingga ta’sir o'tkazadi. CAFA bu miqyosdagi turnirni ilk bor o'tkazmoqda. O'z-o'zidan musobaqa Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan tasdiqlangan”, deyiladi TFF bergan izohda.
CAFA-2023'da O'zbekiston, Tojikiston, Eron, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston va Rossiya ishtirok etishi aniq. Shuningdek, 8-qatnashchi Tailand bo'lishi kutilmoqda.



