Rossiya futbolidagi eng yomon seriya: "Zenit" Evrokuboklarda safardagi 19 ta o'yindan beri yuta olmayapti

Aziz Tukhtamuradov
25 fev 2022, 08:31
"Zenit" Evrokuboklarda ketma-ket 19-o'yinda safarda g'alaba qozona olmayapti.

Piterliklar "Betis" bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi va Yevropa Ligasidagi ishtirokini yakunladi. 

Klub safardagi so'nggi 19 ta o'yinida umuman g'alaba qozona olmadi. Bu Rossiya futboli tarixida Evrokuboklardagi eng uzun g'alabasiz seriya hisoblanadi. 

Piterliklar ushbu o'yinlar davomida 5 marotaba durang o'ynab, 14 ta mag'lubiyat qayd etishdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru