Rossiya Fransiyaga yaqinlashib olmoqda

Tolibjon Qosimov
23 fev 2018, 19:08
Yevropa ligasi 1/16 finali javob uchrashuvlaridan keyin UEFA koefficientlar jadvalida Rossiya Portugaliyadan o'tib ketdi va Fransiyaga yaqinlashib oldi.

Rossiya ayni damda 52,382 ball bilan 6-o'rinni egallab turibdi. Fransiya esa 54,248 ochko bilan 5-o'rindan joy olgan. Portugaliya 7-pog'onada (46,248 ball).

Jadvalni Ispaniya (101,998) boshqarib bormoqda. Ularning ortida Angliya (76,605), Italiya (73,082) va Germaniya (69,284) joy olgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com