Rossiya. SSKA "qor jangi"da "Rostov"ni mag'lub qildi, Fayzullaev penalti ishladi

Mirjalol Normatov
3 dek 2023, 17:59
Rossiya chempionatining 17-turida SSKA o'z maydonida "Rostov"ni mag'lub qildi.

Bahsning ikkinchi daqiqasidayoq Abbosbek Fayzullaev penalti ishlab berdi. Undan Fedor Chalov unumli foydalandi. 68-daqiqada Viktor Mendes o'yindagi so'nggi golni urdi. Fayzullaev esa 90-daqiqada zaxiraga olindi. Shunday qilib kuchli qor ostida o'tgan uchrashuvda SSKA ishonchli g'alabaga erishdi.

SSKA – Rostov 2:0

"VEB Arena"

Gollar: 1:0 – 4, penalti Chalov, 2:0 – 68 Mendes.

SSKA – Akinfeev, Xelven, Moyzes, Villian Rosha, Lukin, Gayich, Mendes, Zdelar, Oblyakov (Davila, 90), Fayzullaev (Ermakov, 90), Chalov (Zabolotnyy, 90).

Rostov – Medvedev, Langovich, Osipenko, Melexin, Vaxaniya, Utkin (Terentev, 61), Glebov, Mironov (Proxin, 61), Bayramyan (SHHetinin, 78), Moxebi, Golenkov (Komarov, 78).

Ogohlantirish: Golenkov (32), Komarov (82).

Chetlatish: Melexin (90).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia