Rossiya chempionatida yangi Kaka paydo bo'lishi mumkin

7 fev 2020, 00:45
Moskvaning SSKA klubi "Kruzeyro" himoyachisi Kakaga (to'liq ismi Karlos de Menezes Junior) qiziqish bildirmoqda.

Bu haqida "Betting Insider" internet-nashri xabar tarqatdi. 20 yoshli Kaka markaziy himoyachi hisoblanadi. U Braziliya A Seriyasining o'tgan mavsumida 20ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 marta sariq kartochka bilan jazolangan edi. 

Ma'lumot uchun, "Kruzeyro" klubi o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, o'z tarixida ilk bor Braziliya chempionatining yuqori divizionini tark etdi. Shu boisdan himoyachi rus klubi taklifini qabul qilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: Betting Insider