Rossiya chempionatida mavsum yakunlandi. Chalov eng yaxshi yosh to'purar, Denisov jamoasi o'tish o'yinida maydonga tushadi

26 may 2019, 19:20
Joriy mavsum RPL o'z nihoyasiga etdi.

Mavsumni birinchi va ikkinchi o'rinda yakunlagan "Zenit" va "Lokomotiv" kelasi mavsum YCHLdagi yurishini guruh bosqichidan boshlaydi. "Krasnodar" esa saralash bahslarida YCHL guruh yo'llanmasi uchun urinib ko'radi. Moskvaning SSKA va "Spartak" jamoalari va Tulaning "Arsenali" Yevropa Ligasida o'z omadlarini sinab ko'radigan bo'ldi. 

SSKA hujumchisi Fyodor Chalov 30 ta o'yinda 15 ta gol urib mavsum to'purariga aylandi. Shuningdek, Rossiya chempionati tarixida eng yaxshi yosh to'purar nomiga sazovor bo'ldi. Ushbu natijaga 21 yosh 46 kunligida erishdi. Avvalgi rekord 1994-1995 yilgi mavsumda Igor Simutenkov tomonidan o'rnatilgan (21 yosh, 217 kun).

Hamyurtimiz Vitaliy Denisov to'p surayotgan "Krilya Sovetov" klubi musobaqani 13-o'rinda yakunladi va endi kelasi mavsum RPLda o'ynash uchun o'tish o'yinida "Nijniy Novgorod" bilan bellashadi. "Ufa" esa "Tom" bilan o'ynaydi. "Anji" va "Enisey" quyi ligaga tushib ketdi. Ularning o'rnini "Sochi" va yana bir yurtdoshimiz faoliyatini davom ettirayotgan "Tambov" klubi to'ldiradi. 

Rossiya chempionati. 30-tur

Turnir jadvali>>> To'liq mavsum

SSKA – Krylya Sovetov 6:0 (1:0, 5:0)

26 may, 16:00,VEB Arena

Gollar: 1:0 – 4 Chalov, 2:0 – 48 Magnusson, 3:0 – 52 Biyol, 4:0 – 56 Sigurdsson, 5:0 – 73 Chalov, 6:0 – 80 Oblyakov.

SSKA – Akinfeev, SHHennikov, Rodrigo Bekao (Vasin, 53), Magnusson, Fernandes, Axmetov (Bistrovich, 79), Oblyakov, Sigurdsson, Biyol (Nisimura, 58), Diveev, Chalov.

Krylya Sovetov – Konyuxov, Poluyaxtov, Zotov, Burlak, Samardjich, Anton (Zinkovskiy, 69), Rabiu (Kiselev, 63), Tkachuk, Timofeev, Yakovlev, Sheydaev.

Axmat – Rostov 1:0 (1:0, 0:0)

26 may, 16:00,Axmat-Arena

Gol: 1:0 – 38 Mbeng.

Axmat – Gorodov, Moxammadi, Nijich, Anxel, Uciev, Ismael (Sadulaev, 89), Shvec, Berisha (Roshi, 77), Ivanov, Semenov (Gashhenkov, 46), Mbeng.

Rostov – Pesyakov, Pliev (Novoselcev, 82), Xadjikadunich, Logashov (Popov, 65), Chernov, Ionov, Glebov, Zaynutdinov (Kalachev, 65), Gackan, Sigurdsson, Shomurodov.

Ogohlantirishlar: Sigurdsson (8), Semenov (20), Ionov (44), Pliev (48), Glebov (52), Kalachev (77), Gackan (83).

 

Zenit – Enisey 4:1 (1:0, 3:1)

26 may, 16:00,Gazprom Arena

Gollar: 1:0 – 26, penalti Azmun, 2:0 – 57 Driussi, 3:0 – 60 Eroxin, 4:0 – 71 Driussi, 4:1 – 84 Torbinskiy.

Zenit – Lunev, Anyukov (Mammana, 80), Netu (Zabolotnyy, 88), Rakickiy, Jirkov, Mak (Smolnikov, 46), Eroxin, Ozdoev, Azmun, Dzyuba, Driussi.

Enisey – Yurchenko (Edapin, 76), Gadjibekov, Gricaenko, Yatchenko, Sarr, Torbinskiy, Rojkov, Xubulov (Savichev, 65), Komkov, Semakin, Kutin (Kostyukov, 82).

Ogohlantirishlar: Kutin (25), Eroxin (50).


Dinamo – Arsenal Tula 3:3 (2:1, 1:2)

26 may, 16:00,VTB Arena

Gollar: 1:0 – 2 Migel Kardozu, 1:1 – 16 Grigalava, 2:1 – 29 Panchenko, 2:2 – 52, penalti Mirzov, 3:2 – 60 Panchenko, 3:3 – 84 Gorbatenko.

Dinamo – Shunin, Shunich (Rykov, 70), Morozov, Evgenev, Kozlov, Migel Kardozu, Joaozino, Yusupov, Tette (Moskvichev, 78), Lucenko (Markov, 16), Panchenko.

Arsenal Tula – Nigmatullin, Kombarov, Grigalava, Belyaev, Volodko (Alvares, 46), Gorbatenko, Kostadinov, Tkachev, Bakaev, Kangva (Lesovoy, 81), Mirzov.

Ogohlantirishlar: Yusupov (16), Tette (31), Morozov (45), Kostadinov (47), Kombarov (48), Mirzov (63).

 

Krasnodar – Rubin 1:0 (0:0, 1:0)

26 may, 16:00,stadion Krasnodar

Gol: 1:0 – 59 Klasson.

Krasnodar – Safonov, Martynovich, Petrov, Spayich, Stockiy (Skopincev, 56), Klasson, Gazinskiy, Pereyra (Utkin, 77), Vanderson, Kabore (Olsson, 68), Ari.

Rubin – Baburin, Uremovich, Stepanov, Sorokin, Kambolov (Sagitov, 30), Konovalov, Bashkirov, Bayramyan, Podberezkin (Panteleev, 65), Ustinov, Poloz.

Ogohlantirishlar: Bayramyan (40), Stepanov (45), Gazinskiy (57), Ari (67), Uremovich (85).

 

Anji – Ural 0:2 (0:0, 0:2)

26 may, 16:00,Anji-Arena

Gollar: 0:1 – 56 Pogrebnyak, 0:2 – 59 Bryzgalov.

Anji – Dyupin, Saidov, Chistyakov, Kaloshin, Belov, Zakirov, Ondua, Axyadov (Magomedov, 67), Dolgov (Ponse, 75), Agalarov (Kacaev, 80), Ivanchenko.

Ural – Godzyur, Aroyan, Merkulov, Kulakov, Bryzgalov, Aratore (Dancev, 90), Emelyanov, Bumal (Fidler, 74), Pogrebnyak, Panyukov (Katrich, 46), Ilin.

Ogohlantirishlar: Bumal (15), Magomedov (78).


Lokomotiv – Ufa 1:0 (1:0, 0:0)

26 may, 16:00,stadion Lokomotiv

Gol: 1:0 – 39 Fernandesh.

Lokomotiv – Gilerme, Idovu, Chorluka, Lysov, Kverkveliya (Tarasov, 17; Kvaratsxeliya, 29), Miranchuk, Kryxovyak, Fernandesh, Barinov, Jemaletdinov, Smolov (Magkeev, 90).

Ufa – Belenov, Krugovoy (Aliev, 58), Suxov, Pucko, Karp (Till, 62), Bizyak (Igboun, 58), Paurevich, Nedelcharu, Salatich, Yokich, Krotov.

Ogohlantirishlar: Idovu (54), Igboun (77).


Orenburg – Spartak 2:0 (1:0, 1:0)

26 may, 16:00,Gazovik

Gollar: 1:0 – 8 Rikardu Alvesh, 2:0 – 90 Kulishev.

Orenburg – Dovbnya, Terexov, Kozlov (Afonin, 57), Malyx, Shaxov, Popovich, Mishkich, Rikardu Alvesh (Kulishev, 68), Sivakov, Despotovich (Andreev, 90), Sutormin.

Spartak – Maksimenko, Ayrton, Djikiya, Eshhenko, Gaponov, Melgarexo, Guliev (Melkadze, 57), Tashaev (Glushenkov, 61), Zobnin, Umyarov (Ignatov, 69), Ze Luish.

Ogohlantirishlar: Popovich (11), Despotovich (12), Guliev (27), Melgarexo (78), Malyx (78), Dovbnya (90), Kulishev (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia