Rossiya chempionati. “Spartak” so'nggi soniyalarda g'alabani ilib ketdi, SSKA-“Tosno” uchrashuvida mezbonlar uch marta penalti tepishdi

2 dek 2017, 00:08
Rossiya chempionatining 19-turidan o'rin olgan ikkita bellashuv o'z nihoyasiga etdi.

“Arsenal” mehmoni bo'lgan amaldagi chempion “Spartak” 90-daqiqada Glushakov kiritgan gol evaziga safardan muhim uch ochko bilan qaytadigan bo'ldi.

SSKA esa o'z maydonida “Tosno”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Uchrashuvda bosh hakam “Tosno” darvozasiga naqd uchta penalti belgiladi. Ikkita jarima zarbasini Vitino aniq amalga oshirgan bo'lsa, uchinchi penaltini mehmonlar posboni David Yurchenko bartaraf etishning uddasidan chiqdi. Shunga qaramay yakunda armiyachilar 6:0 hisobida yirik g'alabani qo'lga kiritishdi.

Rossiya chempionati.

19- tur

Arsenal Tula – Spartak 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 90 Glushakov.

ArsenalTula – Gabulov, Kombarov, Sunzu, Belyaev, Grigalava, Gorbatenko, Bourchanu (Rasich, 90), Chaushich, Tkachev, Jorjevich, Kangva (Aleksandrov, 78).

Spartak –Selixov, Eshhenko, Kutepov, Bokketti, Jikiya, Melgarexo (Popov, 75), Glushakov, Pashalich, Pedro Rosha (Zobnin, 62), Samedov (Bakaev, 90), Luis Adriano.

Ogohlantirish: Grigalava (17), Kutepov (40), Jorjevich (67), Glushakov (79).


SSKA – Tosno 6:0 (3:0, 3:0)

Gollar: 1:0 – 10, penalti Vitino, 2:0 – 27, penalti Vitino, 3:0 – 32 Vasin, 4:0 – 55 Natxo, 5:0 – 58 Golovin, 6:0 – 61 Vernblum.

SSKA – Akinfeev, Berezuckiy, Vasin, Ignashevich, Natxo, Fernandes, Nababkin, Dzagoev (Kuchaev, 65), Golovin, Vitino (Jamaletdinov, 59), Vernblum (Gordyushenko, 77).

Tosno –Yurchenko, Buyvolov, Dugalich, Chernov, Shaxov, Troshechkin, Karnickiy (Muxametshin, 63), Palienko (Nunu Rosha, 75), Markov (Kazaev, 63), Mirzov, Zabolotnyy.

Ogohlantirish: Zabolotnyy (60).

O'xshash yangiliklar


Manba: chammpionat.asia